Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Jirinovskiy futbol o‘ynayotgan paytida jarohat oldi
Rossiyaning Liberal-demokratik partiyasi rahbari Rossiya Davlat dumasining futbol musobaqasi vaqtida yiqilib, oyoq va qo‘lidan jarohat oldi.
Rossiyaning Liberal-demokratik partiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, aynan shu holat partiya jamoasiga musobaqada g‘olib bo‘lishga xalaqit bergan va uning jamoasi natijada 3-o‘rinni egallagan.
Jirinovskiy jarohatiga qaramasdan, 22 may kuni Davlat dumasining yalpi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Ma'lumot uchun, Davlat dumasi fraksiyalari o‘rtasida o‘tkaziladigan an'anaviy musobaqa 21 may kuni “Lujniki” o‘yingohida bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning oltin medalini eng ko‘p o‘yinchiga ega bo‘lgan “Yedinaya Rossiya” partiyasi qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin Rossiya Kommunistik partiyasiga nasib etdi.