Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanvar-aprel oylarida Ispaniyaga rekord darajadagi 16 mln sayyoh tashrif buyurdi
2015 yilning yanvar-aprel oylarida Ispaniyaga rekord darajadagi 16 mln sayyoh tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich 2014 yilning shu davriga nisbatan 4,4 foiz ko‘proqni tashkil qildi, deb xabar bermoqda El Mundo nashri.
Ispaniya ko‘proq britaniyalik, fransiyalik va germaniyalik sayyohlar orasida mashhur bo‘lmoqda. Bu davlatlardan tashrif buyurgan sayyohlar ulushi umumiy sayyohlarning 53 foizini tashkil qildi. Britaniyalik sayyohlarning soni 5,5 foizga oshgan hamda deyarli 3,3 mln, fransiyaliklar soni 4,6 foizga oshgan va 2,6 mln, germaniyaliklar 0,3 foizga oshgan va 2,5 mln gacha yetgan.
Hisobot davrida italiyalik sayyohlarning soni eng ko‘p miqdorga, ya'ni 12,2 foizga o‘sgan hamda 990,4 ming sayyohni tashkil qilgan.
Ispaniyaga tashrif buyuruvchi rossiyalik sayyohlar soni 28,3 foizga tushib ketgan hamda 162 ming kishini tashkil qilgan.
Ispaniyaga kiruvchi sayyohlik oqimining 74,1 foizi Kataloniya, Kanar orollari, Andalusiya va Madridga to‘g‘ri kelgan.