Jahon | 10:02 / 22.05.2015
1452
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada Ipak yo‘li ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

22 may kuni Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) Seongnamdagi Global qishlog‘ida Buyuk Ipak yo‘liga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Gazeta.uz» nashri xabar tarqatgan.

Agentlikning Toshkentdagi vakolatxonasining ma'lum qilishicha, u keyingi yilning fevraliga qadar faoliyat yuritadi.


Ko‘rgazmaning ochilish marosimida KOICA prezidenti Yang-Mok Kim, Janubiy Koreya rasmiylari va boshqa davlat vakillari ishtirok etadi. Ular qatorida O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev bor.


Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon vakillari qatnashadi.


Shu kunning o‘zida KOICA rivojlanish sohasidagi hamkorlik muzeyini ochishni rejalashtirmoqda. Muzey ekspozitsiyasi ushbu kichkina davlat qisqa muddatda iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga erishgani haqida hikoya qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish