18:26 / 23.05.2015
3266

Berlinda 65 yoshli ayol 4 nafar egizakni dunyoga keltirdi

Germaniyada 65 yoshli o‘qituvchi ayol birdaniga 4 nafar egizak farzand dunyoga keltirdi. Bu haqda Assosheyted Press xabar berdi.
Shifokorlar maxsus jarrohlik amaliyoti orqali tug‘ish jarayoniga yordam berishgan. Tug‘ilgan chaqaloqlarning 3 nafari o‘g‘il va biri qizaloq ekani ma'lum bo‘lgan. Chaqaloqlarning vazni 655 grammdan 960 grammgacha chiqqan.
Frau Annegret Raunigk o‘z farzandlariga Nita, Dris, Bens va Fonn ismlarini qo‘ygan.
Bolalar homiladorlikning 26-haftasida tug‘ilishgan va ularning yashab qolishi imkoniyatlari yaxshi baholanmoqda. Onaning ahvoli ham barqarorligi aytilgan.
Annegret Raunigk bungacha ham 13 farzandni dunyoga keltirgan bo‘lib, hozirda ularning eng kichigi 9 yoshda, eng kattasi esa 44 yoshda. Shifokorlar unga boshqa homilador bo‘lmaslikni maslahat qilishgan bo‘lsada, u o‘zining kichik o‘g‘liga uka va singil tug‘ib berishni istagan.

Top