22:18 / 23.05.2015
2477

Futbol bo‘yicha Germaniya chempionati o‘z nihoyasiga yetdi

Futbol bo‘yicha Germaniya chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra keyingi mavsumda "Bavariya", "Volfsburg", "Borussiya" Menxengladbax va "Bayyer" jamoalari Chempionlar Ligasida, "Augsburg", "Shalke" va Dortmundning "Borussiya" jamoalari Yevropa ligasida ishtirok etadigan bo‘lishdi.

“Gamburg” yakunlovchi 34-turda “Shalke” ustidan 2:0 hisobida o‘z maydonida g‘alaba qozonib, Bundesligada o‘rnini saqlab qolish imkoniyatini o‘zida saqlab qoldi. Ushbu g‘alaba evaziga “Gamburg” musobaqa jadvalida 16-o‘rinni egalladi va endi 2-divizionda 3-o‘rinni egallagan jamoa bilan Bundesligada qolish uchun kurashadi.

Bundesligani 17- va 18-o‘rinni egallagan "Frayburg" va "Paderborn" jamoalari tark etmoqda. “Bavariya” muddatidan oldin Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi hamda “Volfsburg” va Menxengladbaxning “Borrussiya” jamoalari bilan birga Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga, “Bayyer” esa saralash bosqichiga yo‘llanma oldi.
"Augsburg", "Shalke" va Dortmundning "Borussiya" jamoalari Yevropa ligasida ishtirok etadigan bo‘lishdi.

Ukrainalik murabbiy boshchiligidagi “Verder” jamoasiga yevrokuboklar zonasiga kirish uchun 3 ochko yetmadi.

34-turning barcha o‘yinlari natijalari:

"Gamburg" – "Shalke" – 2:0
"Ayntraxt" – "Bayyer" – 2:1
"Bavariya" – "Maynts" – 2:0
"Borussiya" (Dortmund) – "Verder" – 3:2
"Borussiya" (Menxengladbax) – "Augsburg" – 1:3
"Gannover" – "Frayburg" – 2:1
"Keln" – "Volfsburg" – 2:2
"Xoffenxaym" – "Gerta" – 2:1
"Paderborn" – "Shtutgart" – 1:2

Top