14:57 / 23.05.2015
2790

Italiyalik motosayohatchilar Marko Polo yurgan yo‘l bo‘ylab sayohatlari davomida Samarqandga to‘xtashdi

Buyuk Ipak yo‘lining Assizi-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab mototsiklda yo‘lga chiqqan poygachilar Samarqandga yetib kelishdi. Bu haqda Anons.uz nashri xabar tarqatdi.

Manbada qayd etilishicha, motoharakat Italiyaning Assizi shahrida boshlangan va u 19 kun davom etgan. Bu vaqt mobaynida italiyalik sayyohatchi-mototsiklchilar o‘z vaqtida Marko Polo qoldirgan yo‘l chizmasi bo‘ylab oltita davlatdan o‘tib 6200 kilometr yo‘l bosib kelishgan.

Motosayohatchilarni Samarqand shahar hokimi kutib oldi. Oddiy hayotda yong‘in o‘chiruvchilar bo‘lib ishlaydigan mazkur guruh o‘z navbatida Italiya milliy yong‘in o‘chirish xizmati sovg‘alarini mezbonlarga topshirishdi.

Motosayohat rahbari Stefano Pettinarining so‘zlariga ko‘ra, Samarqand o‘zining fantastik arxitekturasi va mehmondo‘st halqi bilan unda juda yaxshi taassurot qoldirgan. Shuningdek, qolgan mehmonlar ham samarqandliklarga iliq qarshi olishgani uchun minnatdorchilik bildirishdi, deb yozadi manba.

Top