Jahon | 09:28 / 23.05.2015
1813
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada politsiya va jinoyatchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvda kamida 33 kishi halok bo‘ldi

Meksikaning Michoakan shtati hududidagi trassada politsiya va jinoiy guruh o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi va o‘nlab kishi halok bo‘ldi. Bu haqda La Jornada xabar bermoqda.

Nashrda ma'lum qilinishicha, voqea joyida 30 nafar jinoyatchining jasadi aniqlangan. O‘z navbatida bu otishma vaqtida 3 nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Qurbonlar soni yanada oshishi mumkinligi aytilmoqda.
Ayni vaqtda bu hududga poytaxtdan xavfsizlik masalalari bo‘yicha nufuzli amaldorlar tafsilotlarni o‘rganish uchun yo‘l olgan.
Biroz oldinroq, narkomafiya bilan kuchaygan nizolar tufayli Xalisko shtatidagi yo‘llarda politsiyachilar tunu kun qo‘riqchilik qilayotgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish