19:23 / 23.05.2015
2215

Mixael Shumaxerning salomatligi yaxshilanmoqda

Mashhur nemis avtopoygachisi Mixael Shumaxerning menejyeri Sabina Kem “Formula-1” avtopoygasining ko‘p karra chempionining salomatligi tiklanishida ijobiy o‘zgarishlar borligini ma'lum qilmoqda.

Sabina Kemning aytishicha, “Shumi”ning sog‘lig‘i juda sekin yaxshilanmoqda, biroq bu jarayon barqaror ravishda bormoqda.

“Mixael olgan jarohatning murakkabligi hisobga olinsa, oxirgi paytda uning sog‘lig‘ida kuzatilayotgan barqarorlik uning sog‘ayib ketishiga katta umid beradi. Biroq tez natijalarni kutish yaramaydi, Mixaelning sog‘ayib ketishi uzoq vaqt talab qiladi. Bu jarayon u va uning yonidagi barcha yaqinlari uchun uzoq davom etadigan og‘ir kurash bo‘ladi”, deydi Kem.

Top