Jahon | 20:54 / 23.05.2015
2793
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada qoidabuzarni quvish paytida politsiya mashinasi yo‘lovchini urib yubordi

23 may kuni Moskvaning Rublevka shossesida ikkita politsiya mashinasi qoidabuzarni quvlash paytida mashinalardan biri BMW bilan to‘qnashdi va bir yo‘lovchini urib yubordi. Bu haqda Moskva Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

“23 may, soat 01:00 atrofida Rublevka shossesida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi: politsiya xodimlarining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmay qochib ketgan “Mersedes” mashinasini quvlash paytida Shimoli-g‘arbiy okrug bo‘yicha yo‘l-patrul xizmatining “Ford-Fokus” va “Lada-Priora” avtomobillari “BMV” avtomobili bilan to‘qnashib ketdi”, deyiladi xabarda.

To‘qnashuv oqibatida BMW haydovchisi va voqea joyi yaqinida urib yuborilgan bir yo‘lovchi jarohat olgan.

Politsiyachilar jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishdi, so‘ngra ular turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketildi.

Ushbu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, uning natijasiga ko‘ra qonunga muvofiq holda qaror qabul qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish