Jahon | 18:40 / 23.05.2015
2583
1 daqiqa o‘qiladi

Myanmada uch yilda bir martadan ortiq tug‘ish man qilindi

Myanma prezidenti Teyn Seyn mamlakat ayollarining uch yilda bir martadan ortiq tug‘ishini taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda Assosheyted Press xabar bergan.

Ushbu qonun loyihasi parlament tomonidan o‘tgan oyda qabul qilingan edi.

Qayd qilinishicha, ushbu qonun hujjati konservativ qarashlarga ega bo‘lgan budda monaxlari roziligi olingan holda ishlab chiqilgan.

Myanma hukumati bu qonun orqali mamlakatda onalar va bolalar o‘limi holatlarini kamaytirishga umid qilmoqda. Ammo huquq faollari bu qonun orqali ayollarning huquqlari buzilishini ta'kidlashmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish