20:39 / 23.05.2015
2039

«Nasaf» safarda Gevorkyanning goli evaziga «Neftchi»ni mag‘lubiyatga uchratdi

Turning markaziy uchrashuvi hisoblangan “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvida Ro‘ziqul Berdiyev shogirlarining qo‘li baland keldi.

Yagona gol 76-daqiqada Artur Gevorkyan tomonidan kiritildi. Natijada “Nasaf” safardan qimmatli uch ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.

Bu ochkodan keyin "Nasaf" hisobidagi ochkolar soni 22tani tashkil qilmoqda va jamoa 10 tur natijasiga ko‘ra turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallagan. "Neftchi" esa Ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan keyin 20 ochko bilan uchinchi o‘rinda turibdi. 

"Neftchi" - "Nasaf" - 0:1 
Gol: Gevorkyan, 76
“Neftchi”: 30.Yevgeniy Cheremisin 3.Shukurali Po‘latov 6.Baxtiyorjon Yoqubov 7.Mansurbek Saidov 11.Otabek Haydarov 8.Javohirbek Rasulov, 20. Dilyorbek Ermatov 32.Jahongir Mehmonov 33.Sardor Mehmonov 38.Abbosbek Maxsitaliyev 44. Umidjon Qodirov.
“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov 4.Maqsud Karimov 9.Ilhom Shomurodov 15.Rok Roy 17.Artur Gevorkyan (s) 18.Bahrom Abdurahimov, 20. Erkin Boydullayev, 23. Sherzod A'zamov, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 32. Hamza Karimov, 34. Farruh Sayfiyev.

Top