O‘zbekiston | 20:08 / 23.05.2015
6750
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tabiiy gazni hisoblashning yangi tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda tabiiy gaz iste'mol qilinishini hisoblovchi zamonaviy tizimlar iste'molchilarga gaz yetkazib berishni tartibga solish bo‘yicha vazifalarni yetarlicha tezlik bilan amalga oshirishning optimal yechimi – tabiiy gaz hisobini yuritishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (TGHYuNQAT) ishlab chiqildi.

Bu loyihaning amalga oshirilishi bilan “O‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi “O‘ztransgaz” AJ shug‘ullanmoqda. Loyiha joriy yilning investitsion dasturiga kiritilgan hamda Toshkent va Toshkent viloyatida TGHYuNQATni yaratishdi ko‘zda tutadi. Unda real vaqt rejimida ma'lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega milliondan ortiq gaz hisoblash asboblarining o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Bu holat avtomatlashtirilgan tizimlar ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish tizimlari bilan jihozlanishi hisobiga mumkin bo‘ladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, elektr energiya iste'moli bo‘yicha ma'lumotlarni o‘quvchi yuqoridagiga o‘xshash avtomatlashtirilgan tizim Toshkentning ko‘plab turar-joy dahalarida o‘zini muvaffaqiyatli namoyon qilib kelmoqda.

Yuqoridagi tizim foydalanuvchilar tomonidan iste'mol qilingan tabiiy gaz miqdorini qayd qiladi, iste'mol qilingan gaz uchun to‘lov haqini hisoblaydi, uning hisobotini yuritidai hamda har bir foydalanuvchi bo‘yicha ma'lum muddat uchun saldoni hisoblab chiqadi.

Ushbu tizim, shuningdek, o‘z vaqtida gaz uchun pul to‘lamagan qarzdorlarni masofadan turib gaz ta'minotidan uzib qo‘yish hamda avtomatik rejimda ma'lum muddat uchun iste'mol qilingan gaz miqdori bo‘yicha haqqoniy ma'lumot olish imkonini beradi. Yangi gaz hisoblagichlarning o‘rnatilishi ularning ishiga inson aralashuvi omilini to‘liq istisno qiladi.

“O‘ztransgaz” AJ ning shaxsiy mablag‘lari va tijorat banklarining kreditlari hisobiga amalga oshirilayotgan ushbu loyiha 2017 yilning oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Bu loyihaning birinchi bosqichida keyingi yilda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ushbu tizimning tajribaviy tatbiq qilinishi ko‘zda tutilgan. Loyiha bu tizimlar gaz tarmoqlarida sinovdan o‘tganidan keyin tamomila amalga oshiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish