22:40 / 23.05.2015
4041

Serbiya bosh vaziri: “Serbiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlay olmaydi”

Serbiya bosh vaziri Aleksandar Vuchich Die Welt nashriga bergan intervyusida Serbiya uchun salbiy iqtisodiy oqibatlar olib kelishi mumkin bo‘lgan Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo‘shila olmasligini ma'lum qildi.

“Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlash biz uchun iqtisodiy oqibatlarga ega va Serbiya ularga bas kela olmaydi. Biz avvalambor o‘zimizning iqtisodiy barqarorligimizni ta'minlashimiz kerak. Axir biz hali ham Yevropa Ittifoqidan tashqaridamiz va bizga hech kim yordam bermayapti”, deb aytdi Vuchich.

Vuchich, shuningdek, Serbiya Rossiya bilan aloqalardan voz kechishni istamayotganini aytdi. “Biz Moskva bilan yaxshi munosabatda bo‘lishdan manfaatdormiz va buning qandaydir bir uyatli jihati yo‘q”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Vuchich.

Top