Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«So‘g‘diyona» o‘z «maydoni»da «Paxtakor»dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi
Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi Oliy liganing 10-turida Yangiyer shahridagi stadionda "Paxtakor"ni qabul qildi va yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ammo ikkinchi bo‘limda "sherlar" safida Karimov bitta, Sergeyev esa ikkita gol urdi va jamoasining g‘alabasini ta'minlab berdi.
Eslatib o‘tamiz, jizzaxliklar bundan oldingi ikkita uy o‘yinini Zomindagi o‘yingohda o‘tkazgan va unda "Mash'al" hamda "Bunyodkor"ni qabul qilib, har ikkisida ham bir xil - 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Yangiyerda o‘tkazilgan barcha uchta o‘yinda "So‘g‘diyona" mag‘lubiyatga uchramoqda.
Oliy liga, 10-tur
"So‘g‘diyona" - "Paxtakor" - 0:3
Gollar: Karimov 47, Sergeyev 65, Sergeyev 81
"So‘g‘diyona": Naumov, Oripov, Sattayev, Rashidov, Qobilov, Muzaffarov, Magerramov, Abdurahmonov, Qosimov, Begimqulov, Toshmatov
"Paxtakor": Lobanov, Merzlyakov, Krimets, Oraxovats, Hoshimov, Ismatullayev, Maxaradze (s), Kozak, Karimov, Sergeyev, Pardayev.