O‘zbekiston | 11:34 / 23.05.2015
2576
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent-Sochi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchish jadvaliga o‘zgarishlar kiritildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Toshkentdan Sochiga qatnovlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritdi.

Yangi jadvalga muvofiq 2015 yilning 2 iyunidan boshlab haftaning ikkinchi kuni qatnovning Toshkentdan uchishi 19.15 da, Sochiga yetib borishi 21.10 da bo‘ladi. Sochidan uchish - 22:45, Toshkentga yetib kelishi ertalab 4.05 da ekani belgilangan.

Haftaning oltinchi kuni bajariladigan Toshkentdan Sochiga borish va qaytish qatnovlariga o‘zgarishlar kiritilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish