Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA “Dnepr” klubini irqchi muxlislari tufayli jazoladi
UYeFA Dnepropetrovskning “Dnepr” futbol klubini Yevropa Ligasi yarimfinal bosqichining “Napoli”ga qarshi javob uchrashuvida muxlislari tomonidan irqchilik kayfiyatidagi bannerlarni namoyish qilingani, pirotexnika ishlatilgani va maydonga otilgani uchun jazoladi.
Ukraina futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Igor Kochetovning ma'lum qilishicha, Ukraina klubi Yevrokubok uchrashuvlarining navbatdagi ikkita o‘yinini muxlislarsiz o‘tkazadigan bo‘ldi.
Bu o‘yinlardan birinchisi Varshavada 27 may kuni Yevropa Ligasining finalida “Sevilya”ga qarshi uchrashuvga to‘g‘ri keladi va u “shartli” deb hisoblanadi.
“Agar bu o‘yinda ham jiddiy qoidabuzarliklar kuzatilsa, unda klubning muxlislarsiz ishtirok etishi anchagacha cho‘zilishi mumkin”, deb izoh berib o‘tdi Kochetov.
Kochetovning aytishicha, “Dnepr”, shuningdek, 70 ming yevro jarimaga tortilgan. Ukraina futbol federatsiyasi vakili bu jazoni “tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazolardan eng yengili” ekanligini aytgan.