Jahon | 17:08 / 23.05.2015
6257
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Tinch okeani havzasidagi davlatlarga yordam sifatida 450 mln dollar ajratadi

Yaponiya Tinch okeani havzasidagi davlatlar uchun keyingi 3 yil davomida 55 mlrd iyena (450 mln dollar) miqdoridagi yordam mablag‘i beradi. Bu haqda 23 may kuni Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Ivaki shahrida bo‘lib o‘tgan Tinch okeani davlatlari sammitining ochilish marosimi vaqtidagi nutqi davomida aytib o‘tdi.

"Yaponiya hukumati Tinch okeani havzasidagi davlatlardagi noqulay sharoitlar tufayli mavjud qashshoqlikka barham berish uchun 55 mlrd iyena miqdorida yordam mablag‘i ajratadi", deydi Abe.

Uning aytishicha, bu mablag‘lar hududdagi mamlakatlarda ijtimoiy islohotlar o‘tkazish uchun yo‘naltiriladi.

Sammit yakunida Yaponiya hamda Tinch okeani havzasi mamlakatlari forumi o‘rtasida bir qancha deklaratsiyalar imzolangan.

Ma'lumot uchun, Tinch okeani havzasi mamlakatlari forumiga okean hududida joylashgan 16 davlat a'zo bo‘lib, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kuka orol davlati, Papua-Yangi Gvineya kabi davlatlar shular jumlasidandir. Bu tashkilot Yaponiya, AQSh hamda Yevropa Ittifoqi bilan doimiy mustahkam aloqalarga ega hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish