11:11 / 24.05.2015
1649

“Manchester Siti” o‘yinchisi Yaya Ture tezlikni oshirgani uchun politsiya tomonidan to‘xtatildi

“Manchester Siti” klubining kot-d-ivuarlik yarimhimoyachisi Yaya Ture avtomobilda tezlikni jiddiy oshirgani uchun politsiya tomonidan to‘xtatildi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Voqea 20 may kuni Angliyaning Staffordshir grafligidagi shosselardan birida kechki payt yuz bergan. Ture 200 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan bo‘lgan. Keyinroq haftasiga 210 ming funt sterling maosh oladigan futbolchi qo‘yib yuborilgan, biroq uning ishi sud topshiriladigan bo‘ldi.

“Tashvishlanmanglar. Klubda kimdir buni bosdi-bosdi qiladi. Ular tegishli hujjatlarni qaytarib olishadi”, deb izoh berib o‘tdi Ture.

Endi 32 yoshli futbolchi sud yig‘ilishida qatnashishi kerak bo‘ladi. Yig‘ilish muddati keyinroq ma'lum qilinadi.

O‘tgan haftada sud tomonidan Yaya Turening akasi, “Liverpul” himoyachisi Kolo Turening bir haftada ikki marta tezlikni oshirgani holati bo‘yicha sudda ishi ko‘rilgan edi. Sud futbolchi himoyasining iltimosini hisobga olib, futbolchini haydovchilik guvohnomasidan mahrum etmadi. “Liverpul”ning yana bir futbolchisi Mario Balotelli esa shunday qoidabuzarlik uchun jazodan qocha olmagan: u 28 kunga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan hamda 800 funt sterling jarima to‘lagan edi.

Top