Jahon | 23:08 / 24.05.2015
4114
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va NATO Afg‘onistonda doimiy baza ochmoqchi

Afg‘onistonda AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlariga qo‘mondonlik qiluvchi general Jon Kempbell NATOga a'zo davlatlar qo‘mondonlari Qobulda doimiy baza yaratishni rejalashtirayotganlarini ma'lum qildi. Bu haqda Washington Post xabar bermoqda.

“Mamlakatlar Afg‘onistonga yordam berishlari mumkin bo‘lgan sohalarni ko‘rishadi va bunday yordamni berishni istab qolishadi. Ular tomonidan yakka urinishlar o‘rniga, bu yordam boshqarib turiladigan NATO bazasi yaratiladi,”, deb aytdi general.

Kempbell bazani boshqarishda fuqarolik hukumati vakillari jalb qilinishiga qaramasdan, ehtiyot chora sifatida harbiy kontingent ham qoldirilishini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish