11:18 / 24.05.2015
1448

«Arsenal» Fekir va Lakazettni xarid qilish uchun 60 mln yevro sarflashi mumkin

"Arsenal” klubi rahbariyati “Lion”ning ikki nafar futbolchisiga da'vogarlik qilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, londonliklar Nabil Fekir va Aleksandr Lakazettga qiziqish bildirishmoqda.

Klub bu ikki futbolchi uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor. Joriy mavsumda Lakazett Fransiya chempionatining eng yaxshi to‘purari sifatida e'tirof etilganini ham alohida ta'kidlash zarur.

Top