Sport | 14:34 / 24.05.2015
1665
1 daqiqa o‘qiladi

Badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon Kubogida Nazarenkova 7-o‘rinni egalladi.

Toshkentda davom etayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon Kubogining ko‘pkurash bahslarida g‘olib va sovrindorlar ma'lum bo‘ldi. Terma jamoamiz yetakchi a'zosi Yelizaveta Nazarenkova 69,300 ball bilan 7-o‘rinni egalladi.

Ko‘pkurash bahslarida g‘oliblik rossiyalik Margarita Mamunga nasib etdi. Uning jamoadoshi Aleksandra Soldatova kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, koreyalik Son Yen Chje bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Badiiy gimnastika. Jahon Kubogi

Toshkent, O‘zbekiston

KO‘PKURASh

1. Margarita Mamun (Rossiya) – 75,500

2. Aleksandra Soldatova (Rossiya) – 74,700

3. Son Yen Chje (Janubiy Koreya) – 72,250

4. Viktoriya Filanovski (Isroil) – 70,450

5. Yekaterina Galkina (Belarus) – 70,400

6. Neta Rivkin (Isroil) – 69,600

7. YeLIZAVeTA NAZAReNKOVA (O‘ZBeKISTON) – 69,300

8. Neviana Vladinova (Bolgariya) – 69,150


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish