Sport | 15:27 / 24.05.2015
3067
1 daqiqa o‘qiladi

Edegor «Real» tarixida La ligada debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylandi

16 yoshli Martin Edegor kecha «Xetafe»ga qarshi o‘yinda (7:3) «Real» safida o‘z debyutini o‘tkazdi. U 57-daqiqada Krishtianu Ronaldu o‘rniga maydonga tushdi

Shu tariqa 16 yoshu 157 kunlik bo‘lgan Edegor "Real" safida Ispaniya chempionatida debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylandi. 

«Ko‘p sonli muxlislar qarshisida o‘ynaganim bois biroz asabiylashdim. Shunga qaramay, o‘yindan bahra olishga harakat qildim. Bu men uchun muhim kun, men baxtliman. "Real"dagi birinchi mavsumim omadli o‘tdi. Bu yerda menga hamma narsa yoqmoqda», – deydi Edegor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish