Jamiyat | 15:26 / 24.05.2015
6969
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadagi masjiddan namozlar vaqtini ko‘rsatuvchi jadvallar olib tashlangani haqidagi gaplar inkor qilindi

Ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalarida Farg‘ona viloyatidagi masjidlardan biridan namozlar vaqtini ko‘rsatib turuvchi jadvali hamda elektron uskunalar olib tashlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Lekin bu xabarlar yolg‘on ekani va taqvodor musulmonlar orasida norozilik keltirib chiqarish uchun qasddan to‘qib chiqarilgani ma'lum bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahridagi “Xonaqoh” masjidi imom-xatibining aytishicha, bunday asossiz da'volar muallifi haqiqatni buzib, fuqarolarda salbiy fikr hosil qilish uchun harakat qilgan.

"Aslida, Farg‘ona viloyatidagi masjidlarda davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilgan. Lekin ba'zi fitnachilar OAV orqali jamiyatning tinch hayotini barbod qilishga urinmoqda. Bu harakatlar ham og‘ir gunohlardan hisoblanadi», - deydi “Xonaqoh” masjidi imom-xatibi Abdullayev.

Fotosuratlar: 1news.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish