Jahon | 09:21 / 24.05.2015
4466
1 daqiqa o‘qiladi

"IShID" jangarilari havo hujumi vaqtida Palmiradagi muzeyga kirib bekinishdi

"IShID" jangarilari Palmiradagi muzeyni qarorgohga aylantirishdi. Bu haqda Assosheyted Press xabar bergan.
Xabar qilinishicha, jangarilar bazasiga AQSh va koalitsiya kuchlari havodan zarba berilgach, jangarilar muzey binosiga kirib bekinishgan.
Suriya hukumatining ma'lum qilishicha, bu muzeydagi eksponatlar biroz oldinroq ko‘chirib olib ketilgan edi.
Koalitsiya samolyotlari hujumi natijasida jangarilarga tegishli 6ta raketaga qarshi mudofaa tizimi yo‘q qilingan.
 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish