Jahon | 21:52 / 24.05.2015
5732
1 daqiqa o‘qiladi

IShID jangarilari Palmirada 400 kishini qatl etdi

IShID jangarilari Suriyaning Palmira shahridagi 400 nafar tinch aholini qatl etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

20 may kuni IShID Palmirani egallab olgani ma'lum bo‘lgandi. Shaharda qadimiy obidalar joylashgan. Bu obidalar YuNeSKO tomonidan Butunjahon merosi deb tan olingan. Hozirda qadimiy shahar o‘rnida qishloq joylashgan.

May oyining o‘rtalarida IShID jangarilari qadimiy Palmira obidalaridan 3 km uzoqlikda joylashgan Al-Amiriya qishlog‘ida 45 kishini ommaviy ravishda qatl etgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish