Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadaning Alberta provinsiyasida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
Kanadaning Alberta provinsiyasida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda. Yong‘in oqibatida ikkita Cenovus Energy va Canadian Natural Resources Limited neft zavodlarining xodimlari evakuatsiya qilindi.
Xususan, Cenovus Energy kompaniyasidan 1800 kishi olib chiqib ketilgan. Bunda vertolyotlardan ham foydalanilgan. Ma'lum qilinishicha, yong‘in zavod uchun xavf solmayapti.
Ikkala zavod xodimlari ehtiyot chorasi sifatida olib chiqib ketilgan, chunki agar yong‘in yo‘lni to‘sib qo‘yganda, odamlarni olib chiqish mushkul bo‘lardi.
Provintsiya o‘t o‘chirish xizmatining xabar berishicha, Alberta sharqidagi 4 ming gektar o‘rmon olov ichida qolgan.