Sport | 22:34 / 24.05.2015
3131
1 daqiqa o‘qiladi

Keyingi mavsumda Yevrokuboklarda ishtirok etadigan ingliz jamoalari ma'lum bo‘ldi

«Chelsi» (chempion), «Manchester Siti» (2-o‘rin) va «Arsenal» (3-o‘rin) jamoalari Chempionlar Ligasining guruh bosqichida, 4-o‘rinni egallagan “Manchester Yunayted” esa saralash bosqichida ishtirok etadi.

5-o‘rinni egallagan “Tottenxem” Yevropa ligasining guruh bosqichida, 6-o‘rinni egallagan “Liverpul” esa 3-saralash bosqichida ishtirok etadi.

Agar Angliya kubogi finalida “Aston Villa” “Arsenal” ustidan g‘alabaga qozonsa, Yevropa ligasiga oxirgi yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin. Agar birmingemliklar finalda yutqazib qo‘ysalar, unda Yevropa ligasiga chempionatda 7-o‘rinni egallagan “Sautgempton” yo‘l oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish