Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:10 / 24.05.2015
2188
1 daqiqa o‘qiladi
Klivlendda namoyishchilar shosseni to‘sib qo‘yishdi
AQShning Klivlend shahrida yashovchi qora tanlilar ikki nafar afroamerikalikning o‘limida gumon qilingan politsiyachining oqlanishiga qarshi namoyish o‘tkazishdi. Bu haqda Assosheted Press xabar berdi.
Namoyishchilar shahardagi shosseni to‘sib qo‘yishgan va yo‘lda ikki tomonlama harakatning ham to‘xtab qolishiga sabab bo‘lishgan.
Namoyishchilar shahar markazidagi sud binosini ham o‘rab olishgan.