Iqtisodiyot | 17:15 / 24.05.2015
23891
9 daqiqa o‘qiladi

Koka-kolaning sobiq ittifoqdagi tarixiga bir nazar

1886 yilning 8 may kuni farmatsevt Jon Pemberton “har qanday asabiy bezovtalik”ka qarshi dori bo‘la oladigan ichimlikni ommaga namoyish etdi. Bu — o‘sha mashhurCoca-Cola edi. Bugunga kelib, u 200 ga yaqin davlatda sotiladigan mashhur alkogolsiz ichimlikka aylandi. Ammo uni sobiq ittifoq hududiga olib kirib sotish bir muncha amrimahol bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan ayon bo‘ldiki, barchasi biz o‘ylagandek emas ekan...

1. Jukov rangsiz koka-kola ichgan.

Ikkinchi jahon urishi davrida marshal Jukov Amerikaning Yevropadagi armiyasini boshqarayotgan qo‘mondon Duayt Eyzenxauer bilan uchrashganda uni rangsiz koka-kola bilan saylashadi. IchimlikJukovga manzur keladi va u Eyzenxauerdan uni o‘z shtabiga yetkazib berishlarini so‘raydi. Aroqqa o‘xshab ketganligi uchun faqat oqartirilgan variantini keltirishlarini iltimos qiladi. Prezident Truman orqali bu xabar Coca-Cola zavodiga yetkaziladi va kimyogarlar undagi rangni olib tashlashga muvaffaq bo‘lishadi. Ichimlik oddiy idishga, oq qopqoqqa berkitilib, qizil yulduzcha qo‘yilgan holda 50 ta yashikda Jukovga jo‘natiladi.

2. Nikita Xrushchev o‘zi istamagan holda “Koka-Kola”ning azaliy raqibi  — Pepsi”ni reklama qilib qo‘yadi.

 

Ikki gigant — Coca-Cola va Pepsico larning qaqshatgich raqobati sobiq ittifoq hududida kechadi.Yakunda “Koka-Kola” mag‘lubiyatga uchraydi, chunki  Xrushchev o‘zi istamagan holda uning reklamasini qilib qo‘yadi va “Pepsi” ommalashib ketadi.

Voqea quyidagicha bo‘lgan edi. 1959 yili Moskvada Amerika Milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. UndaXrushchevni pepsi ichib ko‘rishga undashadi va rahbar bunga rozi bo‘ladi. Ertasiga esa butun dunyo gazetalari yuzida sobiq ittifoq rahbarining pepsi ichayotgan surati chiqib ketadi.

3. Yer yuzining boshqa hududlariga qaraganda sobiq ittifoq hududida, ayniqsa, Brejnevning turg‘un davrida, “Koka-Kola” o‘z raqobatchisi “Pepsi”dan sharmandali mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Sobiq ittifoqda pepsi-kolani ishlab chiqarish mamlakatning G‘arb bilan munosabatlari keskinlashgan davriga to‘g‘ri keldi. 1971 yilda PepsiCo direktori Donald Kendalla sobiq ittifoq vazirlar kengashi vakili Aleksey Kosygin bilan uchrashdi. Muzokaralarda shunday qarorga kelindi: sobiq ittifoqqa tarqatiladigan “Pepsi” mahsulotlaridagi yozuv kirill alifbosida bo‘ladi. “Koka-Kola” ham bu ishni amalga oshirdi, biroq ancha keyinroq.

4. Coca-Cola qaysi mamlakatga bo‘lmasin o‘z mahsulotlarini o‘sha yerga kiritsa, ishonch bilan aytish mumkinki, u yerni jiddiy o‘zgarishlar kutadi

Coca-Cola — bu butilka ichiga jo bo‘lgan kapitalizmning mag‘zi hisoblanadi”. (Tom Stendij, “Olti stakanda dunyo tarixi”).

5. Koka-Kola” 70-yillar oxiriga kelib sobiq ittifoqni larzaga keltirdi.

“Koka-Kola”ni ilk bor sobiq ittifoq hududida 1980 yili Moskvada o‘tgan Olimpia o‘yinlarida sotishgan, deb hisoblashadi. Amerikalik yozuvchi va tadqiqotchi Mark Pendergrast o‘zining “Xudo, mamlakat va Coca-Cola uchun” deb nomlangan kitobida yozishicha, kompaniya Olmpiada o‘yinlari boshlanishidan 6 yil muqaddam, ya'ni 1974 yilning iyunidayoq sobiq ittifoq vazirlar kengashining Davlat qo‘mitasi bilan shartnoma imzolagan. Shartnomaga muvofiq mamlakat hududida fantaning sotilishiga ruxsat berilgan. Ishlab chiqarish ilk bor 1979 yilning avgustida Moskva alkogolsizpivo kombinatida amalga oshirildi. Shundan keyin ham mahsulot yetkazib berish hajmi cheklab qo‘yildi, do‘kon rastalarida “Soyuzplodoimport” va “Texnopromimport” mahsulotlarini ko‘rish mumkin edi. Fantani Moskvadan tashqari faqatgina Tallin va Kiyevdan harid qilish mumkin edi xolos.

6. 1980 yilda koka-kola Moskvada o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarining rasmiy ichimligiga aylandi. 

O‘shanda prezident Reygan ma'muriyati Moskvada o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarini boykot qilishga urindi, ammo “Koka-Kola” bu ishga qo‘shilmadi. Qit'alararo korporatsiya har qanday siyosiy o‘yinlardan ustun, degan iddaoni bildirdi. Shu bois u Moskvada o‘tgan Olimpiya o‘yinlarining rasmiy ichimligi maqomini qo‘lga kiritdi. 

7. O‘yinlar vaqtida ichimlikni bir martalik idishlarda sotishdi. 

Toza qog‘oz va polistiroldan bo‘lgan bir martalik stakanlarda sotilayotgan ichimlikni sovet iste'molchilari yaxshi kutib olishdi. Ungacha esa bunday ichimliklar ichimlik avtomatlarida, hamma foydalanadigan shisha stakanlarda sotilardi. Olimpiada-80 paytida ichimlik sotiladigan maxsus chodirlarni Germaniyadan sobiq ittifoq hududiga olib kelish oson ish bo‘lmagan. O‘yinlar tugaganidan so‘ng esa, chodirlarni mezbon mamlakatga sovg‘a tariqasida ulashishgan. 

8. 80-yillarga kelib “SSSRda ishlab chiqarilgan” degan yozuvga ega koka-kolalar chiqa boshladi.

1986 yilning dekabrida sovet koka-kolalari keng miqyosda ishlab chiqarila boshlandi.Shartnomaga muvofiq, koka-kola konsentrati Atlantadan Moskvaga keltirilgan va shu yerda tayyorlanib, idishlarga quyilgan. O‘sha paytda chiqqan “Izvestiya” gazetasining bir sonida koka-kola “SSSRda ishlab chiqarilgan”, degan yozuv ostida 1987 yilning may oyidan boshlab sotuvga chiqarilgan. Holbuki, ichimlik konsentrati ittifoq hududiga chetdan keltirilgan bo‘lsada, gap uning mamlakat bozoriga chiqarishda edi. 

9. Lada” avtomobilkonsentratga ayirbosh.

“Koka-Kola” kompaniyasi o‘z ichimligi konsentratini uzoq kelajakda Angliyaga sotish maqsadidasovet avtomobili “Lada”ga ayirbosh etgan. Nevil Isdell o‘zining “Coca-Cola ichida” nomli kitobida shularni qayd etadi: “Mashinalar shunday yig‘ilgan ediki, Britaniyada ularni sotishdan ko‘ra, qalbakisini chiqarish oson edi. Biz SSSRga ko‘p pul sarfladik. Maqsad yagona edi — kelajakda o‘z o‘rnimizga ega bo‘lish”. 

10. Sobiq ittifoq hududida demokratlashtirish avj olgan bir paytda, 80-yillar oxirida “Koka-Kola” mamlakat hududida ilk muvaffaqiyatini amalga oshirdi — Back in the USSR.

 

Oxir-oqibat “Koka-Kola” sovet bozoriga kirishga muvaffaq bo‘ldi. 1988 yilda ichimlikMoskvodagi pivo zavodida ishlab chiqarila boshlandi. Aynan ana shu yili “Mejdunarodnaya” mehmonxonasining xollida sobiq ittifoq hududida ilk bor Coca-Cola ichimligi avtomati o‘rnatildi. 

11. Yangi davrning misli ko‘rilmagan belgisi.

1989 yilda Moskvadagi Pushkin maydonida o‘rnatilgan Coca-Cola belgisi yangi zamon belgilaridan biri sifatida qayd etildi. Bu sobiq ittifoq tarixidagi to‘liq hajmga ega eng yirik ko‘cha reklamasi edi. Ungacha esa ko‘chalarda “Aeroflot” samolyotlarida uching!” yoki “Pullaringizni omonat kassalarida saqlang!” kabi plakatlarnigina uchratish mumkin edi xolos. 

12. 1957 yili o‘zining sobiq ittifoqqa tashrifi chog‘ida mashhur yozuvchi Gabriel Garsiya Markes 22 400 000 kvadrat kilometrga cho‘zilgan mamlakatda bir dona bo‘lsa ham koka-kola reklamasiga ko‘zi tushmaganligini qayd etgan edi. 

XABARDOR.UZ / Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi.