Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Liverpul» APL tarixida ilk bor tanaffusgacha 3 tadan ko‘p to‘p o‘tkazib yubordi
“Liverpul” jamoasi Angliya Premer-Ligasining so‘nggi turida mehmonda “Stok Siti”dan 6:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. Mersisaydliklar safida yagona golni mavsum tugagach klubni tark etayotgan Stiven Jyerrard kiritdi. 34 yoshli Stivi Ji uchun bu gol uning APLdagi 120-chi goli bo‘ldi.
Ajablanarlisi, «Liverpul» 1-taymning o‘zidayoq 5 ta to‘p o‘tkazib yubordi hamda APL tarixida tanaffusgacha 3 tadan ko‘p to‘p o‘tkazib yuborgan ilk jamoaga aylandi.
“Chelsi” o‘z maydonida “Sanderlend”ni 3:1 hisobida yutdi. Londonliklar «Manchester Yunayted» (1753 to‘p) va «Arsenal» (1556 to‘p)dan keyin APLda 1500 ta to‘p kirita olgan 3-jamoa bo‘la oldilar. “Arsenal” o‘z maydonida “Vest Bromvich” ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi, “kanonirlar” safida Teo Uolkott xet-trik amalga oshirdi.
“Manchester Siti” o‘z maydonida “Sautgempton”ni 2:0 hisobida, “Kristal Pelas” esa “Suonsi Siti”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.