Jahon | 10:09 / 24.05.2015
1426
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyada Yevropaga o‘tmoqchi bo‘lgan 600 nafarga yaqin muhojir ushlandi

Liviyada Afrika davlatlaridan Yevropaga o‘tmoqchi bo‘lgan 600 nafarga yaqin noqonuniy muhojir qo‘lga olindi. Qochqinlar Liviya poytaxti Tripoli yaqinida o‘tkazilgan yirik tadbir davomida ushlangan. Tadbir davomida telekommunikatsion qurilma ham musodara qilingan.

Ta'kidlanishicha, qo‘lga olingan qochqinlar Tripolidagi vaqtinchalik yashash markazi tashqarisida joylashtirildi, ularga suv va yegulik berilgan. Liviyaning 1770 kmlik sohilbo‘yi hududi anchadan beri muhojirlarning Yevropaga o‘tishlarida kechuv joyi vazifasini o‘tab kelmoqda.

Muhojirlardan ko‘pchiligi Liviya sohilbo‘yidan 300 km uzoqlikda joylashgan Italiyaning Lampeduza oroliga yo‘l olishadi.

Liviya hukumati oxirgi vaqtda noqonuniy muhojirlarga qarshi kurashni ancha faollashtirdi. O‘tgan yakshanbada ham odamlarni ko‘chirib o‘tkazadigan kontrabandachilarga qarshi o‘tkazilgan operatsiyada 400 muhojir qo‘lga tushgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish