Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkeyn Oq uy matbuot kotibi Ernestni “ahmoq” deb atadi
Fox News telekanali efirida senator Jon Makkeyn Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning AQSh hukumati va "IShID" terrorchilik guruhining harakatlari haqidagi fikriga izoh berib o‘tdi.
Ernest "IShID"ga qarshi operatsiya muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan har safar AQSh “sochini yulishi shartmasligini” aytgan edi. Uning bu so‘zlari Makkeynning keskin tanqidiga uchradi.
“Bu ahmoq janob Ernest balki “sochini yulmas”, biroq Ramadi ko‘chalarida hozirning o‘zida jasadlar yonmoqda”, deb aytdi senator.
Biroq keyinroq Jon Makkeyn Ernestga aytgan so‘zlarini ortga qaytib olishga tayyorligini ma'lum qilgan.