Sport | 15:22 / 24.05.2015
4399
2 daqiqa o‘qiladi

O‘FF O‘zbekiston U-20 o‘yini haqida noto‘g‘ri ma'lumot bergani uchun uzr so‘radi

Bundan bir oz avval O‘FF rasmiy tvitteri orqali Yangi Zelandiyada bo‘lg‘usi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Panama yoshlariga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Ushbu ma'lumot noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. O‘FF rasmiy tvitteri o‘z xatosi uchun uzr so‘rab, quyidagilarni ma'lum qildi:

“Texnik muammo sabab O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Panamaga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganligi haqidagi xabarni e'tiborsiz qoldirasiz. Yangi Zelandiyadan aloqaga chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabiga ko‘ra, o‘yin 2-2 hisobidagi durang bilan yakun topgan. Shu munosabat bilan 1-2 hisobidagi mag‘lubiyat haqida yozilgan tvitni inobatga olmaysiz. Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish