Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polina Gagarina "Yevrovideniye-2015" tanlovini yuta olmadi
Rossiyalik qo‘shiqchi Polina Gagarina "Yevrovideniye-2015" musiqiy tanlovida ikkinchi o‘rinni egalladi. U to‘plagan ochkolar miqdori 303tani tashkil etgan.
Tanlov Avstriya poytaxti Vena shahrida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Shvetsiya vakili Mons Selmerlev 365 ochko bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rinni esa 292 ochko bilan Italiya vakili bo‘lmish Il Volo pop-triosi egalladi.
Ma'lumot uchun, ushbu tanlovda mezbon Avstriyadan tashqari Yevropadagi Albaniya, Armaniston, Ruminiya, Vengriya, Gruziya, Gretsiya, Estoniya, Serbiya, Belgiya, Rossiya, Shvetsiya, Litva, Polsha, Sloveniya, Norvegiya, Chernogoriya, Kipr, Ozarboyjon, Latviya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya davlatlari hamda Avstraliya va Isroildan kelgan 27 xonanda ishtirok etdi. Eng so‘nggi o‘rinni Germaniya vakili egalladi.