Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni IIV shialar masjididagi terakt ijrochisining shaxsini aniqladi
22 may kuni Saudiya Arabistoni hududidagi shialar masjidida juma namozi vaqtida o‘zini portlatib yuborgan terrorchining shaxsi aniqlandi. Bu haqda RIA "Novosti" xabar bergan.
"Tekshiruvlar davomida 22 may kuni El-Katif viloyatidagi El-Kodeyx tumanida joylashgan imom Ali nomidagi shialar masjidida o‘zini portlatib yuborgan jangarilar vakilining kimligi aniqlandi. U Solih ibn Abdul Rahmon al-Kashami ismli yosh talaba bo‘lgan", deyladi xabarda.
Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligining aniqlik kiritishicha bu yigit "IShID" bilan hamkorlik qilishda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan.