Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Yaman bilan chegarada oliy darajadagi jangovor tayyorgarlik kiritilishini e'lon qildi
Saudiya Arabistoni Yaman bilan chegaradagi o‘z qo‘shinlari safida oliy darajadagi tayyorgarlik kiritilishini e'lon qildi. Bu haqda 24 may kuni Sky News Arabia telekanali xabar berdi.
Saudiya Arabistonining bunday qadam qo‘yishiga “chegara oldi hududida vaziyatning keskinlashgani va Yaman tomonidan qirollik hududining o‘qqa tutilish holatlari ko‘paygani” sabab bo‘lgan.
26 mart kunidan boshlab qirollik Harbiy-havo kuchlari o‘z ittifoqdoshlari bilan birga Yamanning bir qismi ustidan nazorat o‘rnatgan xusiychilarning joylashgan o‘rinlariga aviazarbalar berib kelmoqda.
O‘tgan davr ichida ikkala davlat chegaralari yaqinida chegaraning ikkala tomonidagi aholi punktlarining o‘qqa tutilishi holatlari yuz berdi. Oqibatda bir necha kishi, jumladan qirollik armiyasi harbiylari halok bo‘ldi. Biroq tomonlar ochiqchasiga harbiy to‘qnashuvga kirishmaganlar.