Sport | 11:55 / 24.05.2015
2122
2 daqiqa o‘qiladi

Vladislav Tretyak: Kanada xokkey uyushmasi uzrimizni qabul qildi

Kanada xokkey uyushmasi Chexida bo‘lib o‘tgan xokkey bo‘yicha jahon chempionatining final uchrashuvidan keyin ro‘y bergan ko‘ngilxiralik yuzasidan Rossiya xokkey federatsiyasining uzrini qabul qildi. Bu haqda Rossiya xokkey federatsiyasi prezidenti Vladislav Tretyak ma'lum qildi.

Rossiyalik xokkeychilar 17 may kuni Pragada jahon chempionatining finalida kanadalik xokkeychilarga 1:6 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Rossiyaliklar uchrashuvdan keyin ishtirokchilarni taqdirlash marosimida Kanada madhiyasi yangrashini kutmasdan maydonni tark etdi.

Xalqaro xokkey federatsiyasi prezidenti Rene Fazel rossiyalik xokkeychilarning xatti-harakatlarini “kurakda turmaydigan holat” deb atagan.

“Xalqaro xokkey federatsiyasi bilan vaziyat yaxshi rivojlanmoqda. Men kanadaliklarga uzrnoma yubordim, ular uni qabul qilishdi hamda kelgusida hamkorlikni davom ettirishlarini va hech qanday muammolar yo‘qligini aytishdi. Balki qandaydir jarima solinishi mumkindir. Bu tasodifan yuz berdi, istalgan xokkeychimizdan so‘rashingiz mumkin, tushunmovchilik bo‘ldi. Kanadaliklar bilan munosabatlarimiz yana avvalgidek qoladi”, deb aytdi Tretyak.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish