Jahon | 21:22 / 24.05.2015
3541
1 daqiqa o‘qiladi

Jo Bayden nutqi davomida AQSh Harbiy-dengiz akademiyasi bitiruvchilari uxlab qolishdi

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden AQSh Harbiy-dengiz akademiyasi bitiruvchilari oldida nutq so‘zlayotgan paytda bitiruvchilardan aksariyati uxlab qolgan. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.

“Vitse-prezident bugun Harbiy-dengiz akademiyasi bitiruvchilari oldida nutq so‘zladi, biroq hamma ham unga e'tibor bermadi”, deb yozmoqda gazeta.

Fotosuratkashlar nutq davomida uxlab qolgan bir necha nafar bitiruvchini suratga olishga muvaffaq bo‘lishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish