08:58 / 25.05.2015
2732

Kann kinofestivali mukofotlari sovrindorlari nomlari ma'lum bo‘ldi

Fransiyaning Kann shahrida 13-24 may kunlari dunyodagi eng nufuzli kinofestivallardan biri – “Oltin palma shoxi” festivali 68-chi marotaba bo‘lib o‘tdi. Festivalning asosiy tanlovida 19 ta to‘liq metrajli film ishtirok etdi. Umumiy hisobda festivalda 600 ta film namoyish etildi.

Fransiyalik rejissyor Jak Odiyarning “Dipan” filmi Kann festivalining bosh mukofoti bilan taqdirlandi.

Mukofotni jyuri raislari – aka-uka rejissyorlar Joel va Itan Koenlar topshirishdi.

Vengriyalik rejissyor Laslo Nemeshning “Saul o‘g‘li” muhimligi bo‘yicha 2-chi mukofotni – festival Gran-prisini qo‘lga kiritdi.

Jyuri mukofoti grek rejissyori Yorgos Lantimosning “Lobster” filmi uchun berildi.

Eng yaxshi rejissura uchun mukofotni tayvanlik rejissyor Yu Syaosyan “Qotil” filmi uchun oldi.

Ikki aktrisa – Runi Mara (“Kerol”) va Emmanyuel Berko (“Mening qirolim”) eng yaxshi aktrisa mukofotini birgalikda baham ko‘rishdi. Fransiyalik aktyor Vensan Lendon “Bozor qonuni” filmidagi bosh roli uchun eng yaxshi aktyor deb topildi.

Eng yaxshi ssenariynavis mukofotini Mishel Franko “Yilnoma” filmi ssenariysi uchun oldi.

Ali Dagerning “To‘lqin-98” filmi eng yaxshi qisa metrajli film deb topildi.

Sezar Augusto Aseveda “Yer va soya” filmi bilan eng yaxshi debyut uchun “Oltin kamera” mukofotini qo‘lga kiritdi.

Xalqaro kinotanqidchilar uyushmasi jyurisi mukofotini vengriyalik rejissyor Laslo Nemeshning “Saul o‘g‘li” filmi oldi.

Top