20:35 / 25.05.2015
1774

«Kuban» bosh murabbiyi Leonid Kuchuk klubni tark etdi

Kransodarning “Kuban” bosh murabbiyi Leonid Kuchuk klubni rasman tark etdi.

Klub rahbariyati va bosh murabbiy shartnomani bekor qilish to‘g‘risida o‘zaro kelishib oldilar. Rossiya chempionatining qolgan o‘yinlarida jamoaga Andrey Sosnitskiy murabbiylik qiladi.

“Leonid Kuchuk 2013 yil va 2014-2015 yillarda ikki marotaba Krasnodar o‘lkasining bosh jamoasiga murabbiylik qildi. U klub tarixidagi eng yuksak yutuqlarga aloqador bo‘ldi hamda klubni Yevropa Ligasi va Rossiya kubogi finaliga olib chiqdi. “Kuban” Leonid Stanislavovichga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va unga yangi kasbiy muvaffaqiyatlar tilab qoladi”, deyilmoqda “Kuban”ning rasmiy saytida.

Ma'lumot uchun, belaruslik mutaxassis “Kuban”ga 2014 yilning noyabridan murabbiylik qilishni boshlagan. Uning qo‘li ostida jamoa Rossiya premer-ligasining 15 ta o‘yinida bor-yo‘g‘i bitta g‘alaba, 9 ta mag‘lubiyat qayd qilib, musobaqa jadvalining 10-o‘riniga tushib ketdi.

Top