13:43 / 25.05.2015
2510

Lempard o‘zining APLdagi so‘nggi uchrashuvida gol urdi

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Frenk Lempard APLdagi so‘nggi uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Premer liganing 38-turi doirasida "Shaharliklar" o‘z maydonida "Sautgempton"ni qabul qildi. Uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Ushbu o‘yinda Lempard jamoa sardori sifatida maydonga tushdi. 

Lempard o‘yinning 31-daqiqasida hisobni ochgan bo‘lsa, 88-daqiqada Aguero oradagi farqni 2ta yetkazdi.

Umumiy hisobda Lempard APLda 609ta uchrashuv o‘tkazib, unda 177ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

Ma'lumot uchun, o‘zining asosiy faoliyatini "Chelsi"da o‘tkazgan Frenk Lempard 2014 yilda "Nyu-York Siti" klubiga o‘tgan hamda shu yildan boshlab "Manchester Siti"ga ijaraga berilgan edi. "Sautgempton"ga qarshi kechgan APLning oxirgi turidan so‘ng, Lempard "Nyu-York Siti" tarkibiga borib qo‘shiladi. 

Top