Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 08:48 / 25.05.2015
1269
1 daqiqa o‘qiladi
Mauritsio Pistochchi: "Emeri “Milan”ga murabbiylik qiladi”
Taniqli italiyalik jurnalist va sharhlovchi, Sport Mediaset’ning eksperti Mauritsio Pistochchi “Sevilya” bosh murabbiyi Unai Emerining “Milan”ga murabbiylik qilishini aytmoqda.
“Mening manbalarimga ko‘ra, (Zeyedorfning “Milan”ga murabbiy etib tayinlanishini yarim yil avval hamda Manchinining “Inter”ga qaytishini aytgan manba), Unai Emeri “Milan” bilan kelishib olgan”, deb yozmoqda Pistochchi o‘zining tvitterdagi blogida.
Avvalroq “Milan”ga Karlo Anchelotti murabbiylik qilishi ma'lum qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish