Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:05 / 25.05.2015
1565
1 daqiqa o‘qiladi
Polsha Markaziy saylov qo‘mitasi Dudaning yetakchiligini tasdiqladi
Polsha Markaziy saylov qo‘mitasi mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida muxolif “Huquq va adolat” partiyasi nomzodi Anjyey Dudaning yetakchilik qilayotganini tasdiqladi. Bu haqda qo‘mita ma'lumotlariga tayangan RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Boshlang‘ich ma'lumotlarga qaraganda, 51 saylov okrugidan 20tasida byulletenlar ishlab chiqilgan. Ularga ko‘ra, Duda 55.9, Komorovskiy 44.71 foiz ovoz to‘plagan.
Prezident saylovlarida 52.56 foiz saylovchi ishtirok etdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish