10:32 / 25.05.2015
2721

Xitoylik amaldorlar turmush o‘rtoqlari bilan birga korrupsiya uchun qamalganlarni ko‘rishga olib borilishi aytildi

Xitoyda mahalliy amaldorlar turmush o‘rtoqlari bilan birgalikda qamoqlarga ekskursiya qildirilib, korrupsiya uchun qamalganlarni ko‘rgani boradilar. China Daily nashrida yozilishicha, bu bilan hukumat ularni poraxo‘rlik singari illatlarning oqibatlaridan ogoh etishni istaydi.

O‘tkazilgan oxirgi ekskursiya chog‘ida xitoylik amaldorlar qamoqda o‘tirgan 15 nafar hamkasbining turmush tarzi bilan tanishib chiqdi. Ta'kidlanishicha, qamoqxona devorlariga ularning turmushini tasvirlovchi rasmlar ilingan.
Oxirgi bir oy mobaynida Xubey viloyatidagi 70 nafar amaldor poraxo‘rlik tufayli qamaldi.

Top