Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya O‘zbekistonda raqamli TVni rivojlantirish uchun 63 mln dollar ajratadi
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki konsorsiumi (JBIC) va Sumitomo Mitsui Banking Corp O‘zbekistonning Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki bilan 7.4 mlrd iyenalik (63 mln dollar) kredit shartnomasini imzoladi. Yuu haqda bank vakiliga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Shartnoma 12 yil muddatga imzolandi, dastlabki ikki yilda to‘lovlar imtiyozli tarzda 2.94 foiz qilib belgilandi.
Kredit mablag‘lari 2014 yil sentabrida O‘zbekiston axborot va kommunikatsion texnologiyalar vazirligining Yaponiyaning Ogawa Seiki Co. ltd kompaniyasi bilan imzolagan shartnomasi doirasida raqamli asbob-uskunalar sotib olish va O‘zbekistonda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini rivojlantirish maqsadlariga yo‘naltiriladi.
Umumiy qiymati 73.6 mln dollarni tashkil etuvchi bu shartnoma 2016 yilga qadar raqamli televideniye asbob-uskunalarining yetkazilishini ko‘zda tutadi. Loyihaning 11 dollarlik qismi O‘zbekiston banklari hisobidan moliyalashtiriladi.