15:49 / 26.05.2015
1748

"Atletiko" Grizmanni sotmoqchi emas

"Atletiko" o‘zining asosiy futbolchisi Antuan Grizmann bo‘yicha kelayotgan har qanday taklifni rad etmoqda.

Ayni vaqtda fransiyalik bu futbolchi jamoaning "saqlab qolish zarur bo‘lgan futbolchilar" ro‘yxatida asosiy o‘rinni egallab turibdi. Bunday futbolchilar sirasiga Yan Oblak, Diyego Godin, Ximenes va Koke kabi futbolchilar ham kiritilgan.

Grizmann "Chelsi" va "Bavariya" jamoalarining qiziqish doirasida turibdi. Gvardiola uning o‘yinini kuzatish uchun YeChL doirasidagi "Bayyer" hamda "Atletiko" o‘yiniga tashrif buyurgandi.

Hujumchining transfer bahosi 65 mln yevro qilib belgilangan.

Ma'lumot uchun, Grizmann yakuniga yetgan mavsumda 22ta gol urdi va "Barselona" hujumchisi Neymar bilan bir xil ko‘rsatkich qayd etdi.

Top