15:20 / 26.05.2015
1707

Berluskoni Anchelottining "Milan"ga qaytishiga umid qilmoqda

"Milan" jamoasi xo‘jayini Silvio Berluskoni Karlo Anchelottining "Milan" jamoasiga qaytishidan umidini uzmayotgani haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Biroz oldinroq, Anchelotti "Real"ni tark etgandi.

"Men umid qilamanki, Galliani Anchelottini "Milan"ga olib kelishga muvaffaq bo‘ladi. Ayni damda bizda jamoa murabbiyligi uchun undan tashqari 4 nafar nomzod bor, ulardan uch nafari italiyalik, yana biri esa xorijlik", deb ma'lum qiladi Berluskoni.

26 may kuni "Milan" jamoasining sport direktori Adriano Galliani Karlo Anchelotti bilan yana bir bor uchrashuv o‘tkazishi hamda uni jamoaga qaytarishga urinib ko‘rishi aytilgan.

Corriere della Sera nashrining ma`lumotlariga ko‘ra, "rossonerilar" Anchelottiga jami 120 mln yevro to‘lashni nazarda tutuvchi 3 yillik shartnoma taklif qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti umurtqa pog‘onasini operatsiya qildirishi tufayli bir yil futboldan chetda qolishini aytgan edi.

Top