Jamiyat | 18:38 / 26.05.2015
5666
1 daqiqa o‘qiladi

Chimkentda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjidning ochilish marosimi o‘tkazildi

26 may kuni Janubiy Qozog‘iston viloyatining Chimkent shahrida qurilgan yangi masjidning ochilish marosimi o‘tkazildi. 3000 kishini sig‘dira oladigan ushbu masjid shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomlari bilan atalgan.

Masjid Janubiy Qozog‘iston muftiyati va tadbirkor Rahimjon Yo‘ldoshev tomonidan barpo qilingan.

Masjidning qurilishi va bezak ishlarida milliy arxitektura an'analariga rioya qilingan bo‘lib, masjidning ichki tomoniga och feruza va zumrad ranglarda jilo berilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish