17:06 / 26.05.2015
2025

Fitnes murabbiyi planking bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Daniyalik fitnes murabbiyi Tom Xoel planking bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. TheLocal.dk resursining ma'lum qilishicha, 51 yoshli murabbiy 4 soat 28 daqiqa davomida yelkalari, tirsaklari va oyoq uchiga tayangan holda qornida yotishning uddasidan chiqqan.

Ilgarigi rekord ham uning o‘ziga tegishli edi. U eski natijasini 80 daqiqaga yaxshiladi.
“Jahon chempioni maqomini qaytarish maroqli”, – dedi u nashrga bergan intervyusida.
Xoelning ta'kidlashicha, rekordni yangilash uchun u 9 oy mobaynida mashq qilgan. Ilgarigi natijani qayd qilish uchun unga 4 oy mashq qilish talab etilgan edi.

Top