Jamiyat | 21:52 / 26.05.2015
11670
3 daqiqa o‘qiladi

Hindistondagi halokatli issiqlik

Bir haftadan beri Hindistonning janubiy shtatlarida g‘ayritabiiy darajada issiq havo hukm surmoqda. Bugun harorat 48 darajaga ko‘tarilgani ma'lum bo‘ldi. Oxirgi marta bunday harorat 60 yil muqaddam qayd qilingan edi.

Issiqlik urishi natijasida 551 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Janubiy shtatlar rasmiylari fuqarolarga imkon qadar uydan chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.

Internetda Hindistonning turli chekkalarida olingan suratlar tarqaldi. Ularda hindlar issiqlikdan qanday saqlanayotganliklari, shaharlarda hukm surayotgan vaziyat aks etgan.

1. Hindiston poytaxti qum bo‘roni ostida qoldi. Nyu-Dehlidagi shamol tezligi 80 km/soatni tashkil qildi. Havoga ko‘tarilgan qum odamlarning nafas olishini qiyinlashtirib qo‘ydi.

2. Baoli – zinasimon quduq turi. Ular qurg‘oqchil tumanlarda issiq fasllarda aholini va qishloq xo‘jaligini suv bilan ta'minlash maqsadida quriladi. Ularning chuqurligi 30 m ga yetadi. Issiqlikdan saqlanish uchun hindlar mana shunday baolilarga tushib olmoqda.

3. Bozorga muz palaxsalari yuborilmoqda.

4. Nyu-Dehlida qum bo‘roni ostida qolgan jo‘hori sotuvchisi.

5. Braxmaputra Gangning chap irmog‘i bo‘lib, Janubiy Osiyodagi eng yirik suv arteriyasi hisoblanadi. Hindistondan boshlangan daryo Xitoy va Bangladeshdan ham o‘tadi.

6. Bolalar Nyu-Dehlining diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lmish Hindiston Darvozalari oldida cho‘milmoqda. Monument 1931 yili ingliz-afg‘on va Birinchi Jahon urushlarida halok bo‘lgan hind askarlari sharafiga bunyod etilgan.

7. Hindistonda suv tanqisligi mavjud. Haroratning ko‘tarilish vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.

8. Issiqlikning birinchi kunlarida o‘nlab odamlar quyosh urishidan halok bo‘ldi.

9. Harorat 48 darajaga yetdi. Odatda bu oylarda harorat 5-7 darajaga pastroq bo‘lar edi.

10. Riksha haydovchilari.

11. Kokos sotuvchisi daraxt soyasida dam olmoqda.

12. Harorat ayniqsa qishloq aholisiga qattiq ta'sir o‘tkazmoqda.

13. Filboqar jonivorni mamlakat g‘arbidagi Sabarmati daryosida cho‘miltirmoqda.